Antarktida
|
| |
| Maydoni |
14,200,000 km2 5,500,000 kv mi[1] |
|---|---|
| Aholisi | 1,000 to 5,000 (mavsumiy) |
| Aholi zichligi |
<0.01/km2 <0.03/sq mi |
| Yuqori darajali internet domeni | .aq |

Antarktida - Yer sayyorasining eng janubiy qitʼasidir. Yuzasi – 14 400 000 kilometr² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan), aholisi (nomuntazam) – 1 000 kishi. Janubiy Qutb shu qitʼada joylashgan. Antarktidadagi «Vostok» stansiyasida eng quyi harorat, −89 °C oʻlchangan[2].
Antarktida — Antarktika Janubiy qutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 million kilometr², shelf muzliklari va ular orqali materikka tutashgan orollar bilan birga 13,975 million kilometr². Doimiy aholisi yoʻq. Oʻrtacha balandligi 2040 metr, eng baland joyi 5140 metr (Elsuort togʻidagi Vinson choʻqqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. Antarktida Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy okean) bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi deyarli tekis va uzun qariyb 30 ming kilometr, koʻpincha bir necha 10 metr keladigan tik muz jarliklaridan iborat. Materikka Ross va Ueddell dengizlari ancha kirib turadi. Muz qoplami va relefi. Antarktidaning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxminan 13,0 million km²). Muzning oʻrtacha qalinligi 1720 metr, eng qalin joyi 4300 metr. Muzliklarning hajmi taxminan 24 mln. km³. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% Antarktidadadir. Muzdan xoli yerlar voha koʻrinishida uchraydi. Aksari qutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atrofiga siljib, dengizga tushib boradi va koʻpincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 — 40 metrdan 350 — 400 metrgacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga oʻn kilometr kirib boradi. Muz ostidagi relef chuqur boʻlgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri togʻ tizmasidadir. Birdmor muzligining uzunligi 180 kilometr, eni 15 — 20 kilometr. Bir-biriga yaqin boʻlgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar — shelf muzliklari hosil boʻlgan. Antarktidada 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi — 488 ming kilometr²); bu muzliklarning umumiy maydoni taxminan 900 ming kilometr². Antarktida relefi 3-Xalqaro geofizika yiliga qadar yaxshi oʻrganilmagan edi. Rossiya, Angliya va Amerika Antarktida ekspeditsiyalarining ishlari natijasida Antarktida yer yuzasi dengiz sathidan („Polyus nedostupnosti“ stansiyasi yaqinida) 800 metr, geofizik qutbda 1285 metr (Amundsen-Skott stansiyasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika — Berd stansiyalari oraligi dengiz sathidan 1000 metr past ekanligi aniqlandi. Antarktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxminan 4000 metr boʻlib, Sovetskoye platosi yaqinidadir. Antarktida — yer yuzasi juda past-baland materik boʻlib, juda koʻp orollar bilan oʻrab olingan. Geologik tuzilishi va relefi xususiyatlariga koʻra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining janubiy qismlarini birlashtirib turadigan chiziq boʻylab Sharqiy Antarktida va Gʻarbiy Antarktidaga boʻlinadi. Sharqiy Antarktidaning koʻp qismi (butun materikning taxminan 3/4 qismi) yaxlit boʻlib, hamma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo boʻlgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kristall slanes) ustida ancha yosh choʻkindi yotqiziqlar (devon davridan trias davrigacha paydo boʻlgan jinslar) — qumtosh, ohaqtosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshkoʻmir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan temir rudasi, slyuda, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, 20° Grinvichdan gʻarbga 0° Grnnvichdan sharqqa 20’ grafit va boshqa ham kad. jinslar bilan bogʻliq; Yer poʻstining sinishi va yorilishi hamda yovdosh joylarning koʻtarilishi va pasayishi Sharqiy Antarktidaning hozirgi relefini hosil qilgan. Yer poʻsti yorilganda kuchli vulqonlar otilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulqon konuslarini hosil qilgan (Gaussberg togʻi). Vulqon otilishlari hozir ham tingan emas (Ross orolidagi Erebus vulqoni — 3794 metr). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda togʻ tizmalari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra togʻi (4572 metr), Markem togʻi (4350 metr), Nyu-Shvabenlend togʻlari bor. Gʻarbiy Antarktida (Ross dengizining gʻarbiy sohilidan Greyam Yerigacha)ning koʻp qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat boʻlib, ancha keyin paydo boʻlgan burmali togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Iqlimi. Antarktidada sohillarini istisno qilganda, kontinental qutbiy iqlim hukmron: temperatura hamma vaqt 0° dan past boʻladi va yogʻin juda kam yogʻadi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland boʻlganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz paytlarida materik chekkalarida siklonlar paydo boʻlib, ichki rayonlarga ham kirib boradi. Yozda (dekabr, yanvar, fevral) Antarktidada bulutsiz kunlar koʻp boʻladi, shuning uchun quyosh nisbatan koʻproq ilitadi, lekin quyosh nuri muzdan koʻp qaytadi (oʻrta hisobda 90%), oqibatda quyosh issiqligi Shimoliy yarim sharning xuddi shu kengliklaridagiga nisbatan 4 — 5-marta kam. Materikning markaziy qismida eng sovuq oylarning oʻrtacha temperaturasi — 60°, −70°, yoz oylariniki — 30° dan −50° gacha; sohilda qishda — 8° dan — 35° gacha, yozda 0 — 5° boʻladi. Oʻrtacha yillik temperatura — 50° ga yaqin. Mutlaq minimum — 89,2° (Vostok stansiyasi). Bu esa butun Yer sharida eng past qitʼadir. Yer yuzasi sovuq va atrofdagi den-gizlar iliqroq boʻlganidan tez-tez kuchli shamollar boʻlib turadi (baʼzan shamol tezligi sekundiga 90 m ga boradi).Yogʻin eng koʻp (700 — 1000 mm) yogʻadigan zona dengiz sohili boʻlib, eni 15 km ga yetadi: ichki rayonlarda yiliga atiga 30 — 50 millimetr yogʻin tushadi. Iliq paytlarda ham koʻpincha qor yogʻadi. Havoning nisbiy namligi oʻrta hisobda 73 — 78%. Oʻsimliklari. Oʻsimlik turlari (li-shayniklar, zamburugʻlar, bakteriya va suvoʻtlar) kam va oʻziga xos, ammo ular materikning eng sovuq joylarida ham uchraydi. Hayvonlardan tyulenlar (ueddell tyuleni, qisqichbaqaxoʻr tyulen, dengiz qoploni, ross tyuleni, dengiz fillari) va qushlardan pomornikning ikki turi, adeli va imperator pingvinlari uchraydi. Tadqiq qilinish tarixi. 1820-yilda Antarktida qirgʻogʻiga F. F. Bellinsgauzen — M. P. Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsi-yasi kemalari yaqinlashib borgan. Materikning umumiy qiyofasi XIX asrda xaritaga tushirilgan. Antarktidada 1898 — 1900-yillarda norveg tadqiqotchisi K. Borxgrevink birinchi marta (Viktoriya Yerida) qishlagan. XX asr boshlarida qutb tadqiqotchilari R. Skott (1901 — 1904, 1910 — 1912), E. Sheklton (1907 — 1909), R. Amundsen (1910 — 12), D. Mouson (1911 — 1913) va boshqa materikning ichki rayonlarigacha bordilar. 1909-yil 16-yanvarda Sheklton ekspeditsiyasi qatnashchilari Janubiy magnit qugbiga, 1911-yil 11-dekabrda R. Amundsen, 1912-yil 18-yanvarda esa R. Skott Janubiy geografik qutbga yetib bordilar. 1928-yildan Antarktida samolyotlar yordamida oʻrganila boshladi. Antarktidani oʻrganish sohasida amerikalik J G. Uilkins (1928 — 1930), ingliz L. Elsuort (1935 — 1936, 1938 — 1939), amerikalik R. E. Berd (1928 — 1930; 1933 — 1935; 1939 — 41; 1946 — 47) va Finn Ronne (1946 — 48) anchagina ish qildilar. Xalqaro geofizika yili (1957 — 1958) munosabati bilan va soʻnggi davrlarda turli mamlakatlarning ilmiy qutbiy stansiyalari qurilgan, 1991-yilga kelib 48 ta ilmiy stansiya ishlab turdi[3].
Qitʼadagi gʻayritabiiy holat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Antarktidada Ukrainaning Akademik Vernadskiy stansiyasi atrofida olimlar qorning pushti va yashil rangga burkanganini aniqladi. Qorda mikroskopik suv oʻtlari oʻsishi tufayli shunday rang paydo boʻlgan. Ular oʻtta
Shunday holat 2020-yilda ham kuzatilgan. „EcoWatch“ maʼlumotlariga koʻra, bu holat iqlim inqirozi tufayli yuzaga kelgan. 2020-yili Antarktidada qorning pushti tusga kirishi dunyo hamjamiyati eʼtiborini tortgan. Kembrij universiteti olimlari Ukraina Milliy Antarktida ilmiy markazida birga tadqiqot olib borib, Antarktida maydonining qancha qismi rangli qor bilan qoplanayotganini aniqlashni taklif qilgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Antarctica“. The World Factbook. Central Intelligence Agency (2022-yil 3-may). 2022-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
- ↑ Coldest spot on Earth, 2008-05-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-08-28
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Антарктидада экология учун хавфли ҳисобланган пушти ва яшил қор ёғди — фоторепортаж“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Atlantika Shartnomasi Kotibligi, qitʼaning de fakto hukumati
| Vikiomborda „Antarktida“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |