Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Gʻafurov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ibrohim Gʻafurov
Tavalludi 27-dekabr 1937-yil
Vafoti 6-iyun 2026-yil(2026-06-06)
(88 yoshda)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoniOʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobiMehnat shuhrati ordeni

Ibrohim Gʻofurov (1937-yil 27-dekabr — Toshkent — 2026-yil 6-iyun[1][2]) — yozuvchi, tarjimon, tarjimashunos, tanqidchi. 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 19561961-yillara SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 19611982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. 2025-yil Ogahiy nomidagi Xalqaro badiiy tarjimonlik tanlovida jahon nasridan oʻzbek tiliga tarjima yoʻnalishi boʻyicha taqdirlandi.[3]

Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, koʻp tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qoʻshdi. 1982-1995-yillarda „Oʻzbekiston adabiyot va sanʼati“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari boʻlib ishladi. 1995-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasini tashkil etdi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), „Milliy tiklanish“ gazetasining bosh muharriri.

Ibrohim Gʻafurov „Goʻzallikning olmos qirralari“ (1964) „Unutilmagan bogʻ“ (1965), „Joziba“ (1970), „Yonar soʻz“ (1973), „Yam-yashil daraxt“ (1976), „Yurak-alanga“ (1980). „Lirikaning yuragi“ (1982), „Sheʻriyat - izlanish demak“ (1984), „Oʻttiz yil izhori“ (1987), „Dil erkinligi“ (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U „Darvoza“, „Humo qushim“, „Qaldirgʻochim“ singari sheʼriy nasrlar yoxud mansuralari bilan eʼtibor qozondi. ,,Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan muallifning 20 jildlik asarlari nashr etish rejalashtirilib, hozirgacha 8 jildi chop etilgan.

Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotidan (Mopassan)ning „Azizim“ asari bilan tarjimonlik olamiga kirib keladi. Keyinchalik "Jinoyat va jazo", „Telba“, „Qimorboz“, ,,Aka-uka Karamazovlar", „Iblislar“, ,,Ayrilmas er" (F. Dostoyevskiy), „Alvido, qurol“, „Chol va dengiz“ (E.Xeminguey), „Qiyomat“, „Chingizxonning oq buluti“ (Ch. Aytmatov), „Yongʻin“ (V. Rasputin), ,,Buzrukning kuzi" (G. G. Markes) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Eng mashhur tarjimasi Jeyms Joysning „Uliss“ shox asaridir.

Ibrohim Gʻafurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (1989) laureati, „Doʻstlik“ ordeni sohibi (1995). 1996-yildan u I va II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda „Milliy tiklanish“ eraksiyasi rahbari, 2000-yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qoʻmitasi raisi oʻrinbosari. 2021-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.[4][5]

  1. S., Elshod „O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 2026-yil 7-iyun.
  2. Toshqorayev, Azizbek „O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov vafot etdi“. Daryo.uz. Qaraldi: 2026-yil 7-iyun.
  3. „Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovi g‘oliblari taqdirlandi“. Oyina.uz (2025-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 25-dekabr.
  4. Ozod Sharafiddinov. Balogʻat. ("Matbuot fidoiylari" Toʻplam. 3-Kitob "Oʻzbekiston nashriyoti", 2002.)
  5. Najmiddin Komilov. Bedor qalb. „Tafakkur“ jurnali, 1997, 4-son